O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari tungi Samarqand bo‘ylab sayr qilishdi

Mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Fransiya Respublikasi prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida tungi Samarqand bo‘ylab sayr qildi.

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari tungi Samarqand bo‘ylab sayr qilishdi

Davlat rahbarlari YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Registon majmuasiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari tungi Samarqand bo‘ylab sayr qilishdi

Oliy martabali mehmonga ushbu Sharq me’morchiligi durdonasining qurilish tarixi, noyob naqshlari, ushbu maskan bilan bog‘liq mashhur voqea va shaxslar xususida so‘zlab berildi.

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari tungi Samarqand bo‘ylab sayr qilishdi

Fransiya prezidentining tashrifi Samarqandda o‘tayotgani va aynan Registondan boshlangani bejiz emas. Bu yerda xalqlarimiz o‘rtasidagi tarixiy mushtaraklikni mujassam etgan jihatlar ko‘p.

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari tungi Samarqand bo‘ylab sayr qilishdi

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari tungi Samarqand bo‘ylab sayr qilishdi

Xususan, Sohibqiron Amir Temur buyuk sarkarda, savdo va ilm-fan homiysi sifatida Osiyo va Yevropada ro‘y bergan tarixiy o‘zgarishlarga katta ta’sir ko‘rsatgan. XV asrda Parijda uning sharafiga «Yevropaning xaloskoriga» degan yodgorlik qo‘yilgan. Amir Temur va Fransiya qiroli Sharl VI bir-biriga maktublar yuborib, aloqa o‘rnatgan. Yozishmalarda siyosiy masalalar bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy aloqalarga ham katta e’tibor qaratilgan.

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari tungi Samarqand bo‘ylab sayr qilishdi

Fransiyada buyuk Sohibqiron va temuriylar haqida ko‘plab ilmiy, badiiy asarlar yaratilgan. Jumladan, fransuz mutafakkiri va adibi Volter asarida Mirzo Ulug‘bek, mashhur yozuvchi Jyul Vern romanida Registon mahobati haqida to‘lqinlanib yozilgan.

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari tungi Samarqand bo‘ylab sayr qilishdi

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari tungi Samarqand bo‘ylab sayr qilishdi

Bugun Fransiya delegatsiyasi aynan shu maydonda bo‘lib turibdi. Tungi chiroqlar bilan yoritilgan majmuaning ulug‘vorligi va go‘zalligi mehmonlarda katta zavq uyg‘otdi.

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari tungi Samarqand bo‘ylab sayr qilishdi

Shu yerda Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron birgalikda suratga tushdi.

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari tungi Samarqand bo‘ylab sayr qilishdi

So‘ng prezidentlar “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasida bo‘ldi.

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari tungi Samarqand bo‘ylab sayr qilishdi

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari tungi Samarqand bo‘ylab sayr qilishdi

Bu yerda xalqimizning buyuk o‘tmishi ramzlari to‘plangan, tarixiy shaharlarimizdagi diqqatga sazovor joylarining nusxalari barpo etilgan. Milliy an’analarimiz bilan birga do‘st xalqlar bilan aloqalar tarixi ham aks ettirilgan. Xususan, Afrosiyob yodgorligi devorlarida saqlanib qolgan Koreya, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlar elchilarini qabul qilish marosimi tasvirlaridan foydalanilgan. Bunday ma’no-mazmun, tarix va bugungi kun uyg‘unligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari tungi Samarqand bo‘ylab sayr qilishdi

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari tungi Samarqand bo‘ylab sayr qilishdi

Davlat rahbarlari o‘rtasida samimiy muloqot bo‘ldi. Samarqand jahon sivilizatsiyasining qadimiy beshiklaridan biri bo‘lgani, bugun ham xalqaro sammit va turizm markaziga aylanib borayotgani qayd etildi. Mehmonlarga xalqimizning betakror badiiy, hunarmandlik va musiqiy madaniyati namoyish etildi.

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari tungi Samarqand bo‘ylab sayr qilishdi

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari tungi Samarqand bo‘ylab sayr qilishdi

Tashrifning asosiy tadbirlari, shu jumladan, oliy darajadagi muzokaralar ertaga, 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari tungi Samarqand bo‘ylab sayr qilishdi

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari tungi Samarqand bo‘ylab sayr qilishdi

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.