DXX Kadastrlar palatasi xodimini qo‘lga oldi

DXX Kadastrlar palatasi xodimini qo‘lga oldi

DXX Kadastrlar palatasining tumandagi xodimini 15 ming AQSH dollari olayotganda qo‘lga oldi.

Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani filiali xodimi va 1981 y.t. shaxs o‘zaro til biriktirib, dehqonchilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga tumandagi fermer xo‘jaliklaridan biriga tegishli 17 gektar yer maydonini ijaraga olib berish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qilishadi.

Ular so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.