Hafta oxirida hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi

Hafta oxirida hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi
Hafta oxirida hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi.
 
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, havo harorati bugun kunduzi +8...+13 darajani tashkil etadi, ertaga +12...+15 darajagacha biroz ko‘tariladi, kechalari termometr ustuni 0 daraja atrofida bo‘ladi.
 
Ertaga kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi, kunduzi va kechqurun ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
 
5 yanvar, juma kuni O‘zbekistonning markaziy va janubiy hududlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda qor yog‘ishi ehtimoli bor. Harorat kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja atrofida bo‘ladi.
 
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 5 yanvarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
 
Harorat bugun kunduzi +10...+12 daraja, 4 yanvarda kechasi +0...+2 daraja bo‘ladi, kunduzi havo +13...+15 darajagacha ko‘tariladi, 5 yanvarda kechasi +2...+4 daraja bo‘ladi, kunduzi +11...+13 darajagacha biroz pasayadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.