Turkiyada qotillikda gumon qilinib qirg‘iz ayoli qo‘lga olindi

Turkiyada qotillikda gumon qilinib qirg‘iz ayoli qo‘lga olindi
Turkiyada qotillikda gumon qilinib qirg‘iz ayoli qo‘lga olindi

7-avgust kuni Turkiya polisiyasi Ko‘nya shahrida mahalliy fuqaroni o‘ldirishda gumon qilib, 26-yoshli qirg‘izistonlik ayolni qo‘lga olgani haqida turk OAV ma’lum qilishgan, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston respublikasi TIV.

Ushbu ma’lumotni aniqlash maqsadida, respublikaning Turkiyadagi elchixonasi Ko‘nya shahar tergov bo‘limi bilan bog‘lanib, xabarga aniqlik kiritgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari, qirg‘iz ayolining qo‘lga olinganini tasdiqlashgan.

Turkiya tergovchilari ayni vaqtda surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Qirg‘iziston elchixonasi bu jarayonni nazorat qilib turibdi, deyiladi TIV xabarida.

Manba:Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.