O‘zbekistonda 2023 yili eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2023 yili eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ma’lum qilindi
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

2023 yil davomida O‘zbekiston FHDYo organlari 968 ming 140 nafar chaqaloqning tug‘ilishini qayd etdi. Ulardan 501 577 nafari o‘g‘il, 466 563 nafari esa qiz bolalardir.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, Muhammadali va Soliha ismlari 2023 yilda ham eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ro‘yxatida birinchi bo‘lgan.

O‘tgan yili 27 431 nafar chaqaloqqa Muhammadali deb, 24 365 nafar qizaloqqa Soliha deb ism berilgan.

2023 yilda tug‘ilgan chaqaloqlarga eng qo‘p qo‘yilgan ismlar o‘nligi:

Qiz bolalar

  1. Soliha – 24 365 nafar
  2. Muslima – 15 918
  3. Yasmina – 19 911
  4. Hadicha – 10 759
  5. Imona – 10 310
  6. Shukrona – 9 330
  7. Sumayya – 9 279
  8. Ifora – 7 586
  9. Sa’diya – 6 639
  10. Mubina – 6 585

O‘g‘il bolalar

  1. Muhammadali – 27 431 nafar
  2. Mustafo – 22 880
  3. Abdulloh – 18 116
  4. Muhammad – 17 025
  5. Muhammadyusuf – 13 774
  6. Muhammadamin – 12 450
  7. Nurmuhammad – 9 017
  8. Muhammadjon – 8 843
  9. Imronbek –  8 591
  10. Muhammadziyo – 8 135
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.