Samarqandda hokim yordamchilari, tyutor va yana bir shaxs pora bilan ushlandi

Samarqandda hokim yordamchilari, tyutor va yana bir shaxs pora bilan ushlandi
Samarqandda hokim yordamchilari, tyutor va yana bir shaxs pora bilan ushlandi
Samarqandda DXX viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda pora olayotgan bir necha shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
 
Jumladan, SamDU matematika fakulteti tyutori, 48 yoshli T.A. viloyat Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining mansabdor shaxslari bilan jinoiy til biriktirib, mahalliy fuqarolarning mehnat faoliyatlariga 20 yillik ish staji qo‘shib, nafaqaga chiqarib berish evaziga 3 000 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Samarqandda hokim yordamchilari, tyutor va yana bir shaxs pora bilan ushlandi
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yashovchi, 29 yoshli O‘.M. Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ishlovchi yaqin tanishlarining imkoniyati orqali mahalliy fuqaroni kombinatga qarashli “Marjonbuloq” va “Zarafshon” oltin konlaridan biriga ishga kiritishga yordam berishini aytib, undan 2 000 dollar talab qilib, pullarni olayotgan vaqtida ushlangan.
Samarqandda hokim yordamchilari, tyutor va yana bir shaxs pora bilan ushlandi
Shuningdek, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda IJQK departamenti viloyat boshqarmasi bilan xamkorlikda o‘tkazilgan faol tadbirda Samarqand tumanidagi ikkita mahallada hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi 33 yoshli X.E. va 48 yoshli B.V. jinoiy til biriktirgan holda tuman hokimligi zaxirasidagi 3,5 sotix bo‘sh yerni auksionga chiqarib, yutib, so‘ng tuman hokimligida ishlovchi tanishlari orqali kadastr hujjatlarini qonuniy rasmiylashtirib berish evaziga mahalliy fuqarodan 1 300 dollar talab qilib, oldindan 1 000 AQSH dollarini bo‘nak sifatida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Samarqandda hokim yordamchilari, tyutor va yana bir shaxs pora bilan ushlandi
Qayd etilishicha, yuqoridagi holatlar bo‘yicha barcha shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.