"Surxon" davlat qo‘riqxonasida Buxoro tog‘ qo‘ylari tasvirga olindi

Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi \"Surxon\" davlat qo‘riqxonasi xodimlari noyob jonivor — butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan Buxoro tog‘ qo‘ylarini tasvirga tushirgan.
Viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, Buxoro tog‘ qo‘ylari O‘zbekistonda asosan Ko‘hitang, Boysuntog‘, Hisor, Bobotog‘ tog‘ tizmalarida uchraydi.
Ular odatda, dengiz sathidan 800-2500 metr balandlikdagi tog‘ tizmalarida va siyrak archazorlarda yashaydi. Buxoro tog‘ qo‘ylari poda bo‘lib yashaydi va mavsumiy ko‘chib yuradi.
Bir yil avval, 2022 yil dekabr oxirida \"Surxon\" davlat qo‘riqxonasida o‘tkazilgan so‘nggi sanoq natijalariga ko‘ra qo‘riqxonada 97 bosh Buxoro tog‘ qo‘yi aniqlangani haqida xabar berilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, Buxoro tog‘ qo‘ylari O‘zbekistonda asosan Ko‘hitang, Boysuntog‘, Hisor, Bobotog‘ tog‘ tizmalarida uchraydi.
Ular odatda, dengiz sathidan 800-2500 metr balandlikdagi tog‘ tizmalarida va siyrak archazorlarda yashaydi. Buxoro tog‘ qo‘ylari poda bo‘lib yashaydi va mavsumiy ko‘chib yuradi.
Bir yil avval, 2022 yil dekabr oxirida \"Surxon\" davlat qo‘riqxonasida o‘tkazilgan so‘nggi sanoq natijalariga ko‘ra qo‘riqxonada 97 bosh Buxoro tog‘ qo‘yi aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













