Surxondaryoda ota yosh farzandini ayovsiz urib, shafqatsiz munosabatda bo‘ldi

Surxondaryoda ota yosh farzandini ayovsiz urib, shafqatsiz munosabatda bo‘ldi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida yashovchi erkak yosh farzandini urib, shafqatsiz munosabatda bo‘layotgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati dastlabki ma’lumotlarni ochiqladi.

Unda aytilishicha, mazkur videodagi holatlar Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilganida, holat Termiz shahrida sodir bo‘lgani aniqlangan.

Hozirda ushbu videoda tasvirlangan holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

“Tekshirish natijasi yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi va bu haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.