Surxondaryoda Kia va Damas to‘qnashib, yo‘l chetida ketayotgan ota-bolani bosib ketdi

Kadr: Telegram
Surxondaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Sho‘rchi tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 31 yanvar kuni soat taxminan 12:30 larda Sho‘rchi tumani “Sovurtepa” mahallasi hududidan o‘tuvchi M41 avtomobil yo‘lida 22 yoshli haydovchi Kia K5 rusumli transport vositasini boshqarib kelib, bir yo‘nalishda harakatlanib, chapga burilayotgan 33 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Damas avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
Transport vositasi to‘qnashuv vaqtida yo‘l chetida harakatlanib ketayotgan ota-bola va yana bir nafar fuqaroni ham turtib ketgan. Oqibatda 10 yoshli voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi “bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, o‘ng yelka qismidan yopiq sinishi” tashxisi bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB tergov guruhi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Surxondaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Sho‘rchi tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 31 yanvar kuni soat taxminan 12:30 larda Sho‘rchi tumani “Sovurtepa” mahallasi hududidan o‘tuvchi M41 avtomobil yo‘lida 22 yoshli haydovchi Kia K5 rusumli transport vositasini boshqarib kelib, bir yo‘nalishda harakatlanib, chapga burilayotgan 33 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Damas avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
Transport vositasi to‘qnashuv vaqtida yo‘l chetida harakatlanib ketayotgan ota-bola va yana bir nafar fuqaroni ham turtib ketgan. Oqibatda 10 yoshli voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi “bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, o‘ng yelka qismidan yopiq sinishi” tashxisi bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB tergov guruhi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













