Taniqli klipmeyker Jasur Shametov 39 yoshida vafot etdi

Taniqli klipmeyker Jasur Shametov 39 yoshida vafot etdi
Foto: Instagram
Taniqli operator, rejissyor, klipmeyker Jasur Shametov 39 yoshida vafot etdi. Bu haqda o‘zbek shou-biznesi vakillari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.

U shu kunga qadar “Qalbim o‘g‘risi”, “Achchiq hayot”, “Qalbaki dunyo”, “Uchrashuv”, “Gunoh”, “Zarb”, “Oh, Salima, Salima”, “Mahallada nima gap?” kabi badiiy filmlarda postanovkachi operator sifatida ishlagan. Shuningdek, “Uchrashuv” badiiy filmining ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyori.

Aktyor sifatida “Suiqasd”, “Poyma-poy” filmlarida rollar ijro etgan. Klipmeyker sifatida Rayhon, Lola, Shohruhxon, Munisa Rizayeva, “Afruz” guruhi va boshqa xonandalarning o‘nlab kliplarini tasvirga olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.