Yapon dengizida rossiyalik dengizchilar kemasi falokatga uchradi

Yapon dengizida rossiyalik dengizchilar kemasi falokatga uchradi
Yapon dengizida rossiyalik dengizchilar kemasi falokatga uchradi

Afrikaning Togo davlati bayrog‘i ostida suzuvchi \"Alfa\" yuk tashuvchi kemasi Yapon dengizida falokatga uchradi. Kema ekipaji rossiyalik dengizchilardan iborat, deb “Kun” xabar beradi.

\"Alfa\" kemasi yukining siljishi oqibatida 40 gradusga qiyalab qolgan. Kema ekipajiga yordamga Koreya Respublikasi sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati kemasi etib kelgan\", deb ma’lum qildi Vladivostok dengiz koordinasiya-qutqaruv markazi navbatchisi.

Ta’kidlanishicha, kema cho‘kmayapti, biroq qutqaruvchilar 15 rossiyalikdan iborat kema ekipajini evakuasiya qilishga qaror qilishgan.
Kemani qutqarish bo‘yicha operasiya 22 avgust ertalabigacha qoldirildi.

Kema Rossiyaning Naxodka shahrida ro‘yxatdan o‘tgan Transatlantic Shipping Service kompaniyasiga tegishli, biroq Togo bayrog‘i ostida suzadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Izzat
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.