Advokat prokurorning so‘zlariga e’tiroz bildirdi: “Kariyev pushaymonlik xati yozmagan, uning aybi yo‘q”

Advokat prokurorning so‘zlariga e’tiroz bildirdi: “Kariyev pushaymonlik xati yozmagan, uning aybi yo‘q”
Advokat Temur Rahmatov.
Foto: “Daryo”

“Dok-1 Maks” ishini ko‘rib chiqayotgan sudning navbatdagi majlisida Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari S.Kariyevning advokati Temur Rahmatov prokurorning muzokara so‘zidagi ma’lumotga replika (sud jarayonida biror tomonning qarshilik, norozilik bildirishi) qildi.

\"Prokuror muzokara so‘zida Kariyevning aybi — uning pushaymonlik xati, arizasi va sudda keltirilgan dalillar orqali o‘z isbotini topdi dedi. Biroq Kariyev hech qachon pushaymonlik xati yozmaganini eslatib o‘tmoqchiman. Kariyev “Dok-1 Maks” sudida sirop bo‘yicha hech qanday aybi yo‘qligi uchun pushaymonlik xati yozmagan. Faqat bitta ariza yozgan\", — dedi advokat Rahmatov.
Advokat prokurorning so‘zlariga e’tiroz bildirdi: “Kariyev pushaymonlik xati yozmagan, uning aybi yo‘q”
Foto: “Daryo”
Sudya advokatga “Aynan qaysi arizani nazarda tutyapsiz? Jabrlanuvchilarga yordam bermoqchi ekani haqidagi arizanimi?”, deya savol berdi. Advokat “Ha, Kariyevning o‘zi ham ota bo‘lgani uchun, uch nafar farzandi borligi uchun jabrlanuvchilarga chin dildan yordam bermoqchi edi, biroq bu noto‘g‘ri talqin qilindi”, deya javob qaytardi.
Advokat prokurorning so‘zlariga e’tiroz bildirdi: “Kariyev pushaymonlik xati yozmagan, uning aybi yo‘q”
Foto: “Daryo”
Sud ayni paytda sudlanuvchilarga so‘z berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.