O‘zbekistonda aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng past hudud qaysi?

O‘zbekistonda aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng past hudud qaysi?
“O‘zsuvta’minot” O‘zbekistonda aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng past hududni ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Qashqadaryo aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 59,4 foiz bilan Respublikada eng past ko‘rsatkichni qayd etmoqda. Ammo hududda ichimlik suvi ta’minoti qamrovini kengaytirishga qaratilgan islohotlar bir daqiqaga ham to‘xtamagani qayd etilgan.

Bugun “O‘zsuvta’minot” boshqaruvi raisi o‘rinbosari v.b. Shoxruhali Sadillayev viloyatdagi sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan. Jumladan, viloyatning tog‘li-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat ko‘rsatish hamda turizm obyektlaridagi ichimlik suvi va oqova tizimlarining loyihaoldi jarayonlari ko‘zdan kechirilgan.

Shoxruhali Sadillayev tomonidan mas’ullarga xizmat sifatini yaxshilashga qaratilgan tegishli taklif va topshiriqlar bergan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.