Buxoroda mayning ferma tashkil etgan ikkita xonadon davlatga 860 mln so‘m zarar yetkazdi

Buxoroda mayning ferma tashkil etgan ikkita xonadon davlatga 860 mln so‘m zarar yetkazdi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Buxoro viloyatida noqonuniy mayning ferma tashkil etgan xonadonlar aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departament hamda “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida fuqaro A.Z. qonunga xilof ravishda mayning ferma faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida 10 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktiv qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 531,4 million so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Buxoroda mayning ferma tashkil etgan ikkita xonadon davlatga 860 mln so‘m zarar yetkazdi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Shu kabi, departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Sh.Sh. o‘z uyida 5 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktiv qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 328,7 million so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.