O‘zbekistonda mobil raqam 1,07 mlrd so‘mga sotildi

O‘zbekistonda mobil raqam 1,07 mlrd so‘mga sotildi
Tovar-xomashyo birjasida o‘tkazilgan onlayn auksionda +998200000000 mobil raqami 1 mlrd 70 mln so‘mga sotilgan. Auksion qoidalariga ko‘ra, xaridordan komissiya yig‘imi (bu yerda 32,4 mln so‘m) ham undirilishi ko‘zda tutilgan. Mijoz jismoniy shaxs ekani ko‘rsatilgan.
O‘zbekistonda mobil raqam 1,07 mlrd so‘mga sotildi
Tovar-xomashyo birjasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, auksion g‘olibi tomonidan to‘lov amalga oshirilsa, bu birja rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi. Mijoz belgilangan miqdordagi to‘lovni 5 ish kuni ichida qilishi kerak.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda mobil raqamlarni auksion orqali sotish jarayoni 2019 yilning 4 iyunidan boshlab yo‘lga qo‘yilgan. Auksion onlayn shaklda mobilraqam.uzex.uz veb-sayti orqali o‘tkaziladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.