Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi

Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi
Foto: Transport vazirligi
Toshkent shahridan Qamchiq dovoni orqali Farg‘ona vodiysi viloyatlariga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi.

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, shu maqsadda shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi ochiq tender tanlovlari 2024 yilning 1 may sanasida bo‘lib o‘tadi.

Tenderga qo‘yilgan lotlar:
- YT – 1150-sonli Toshkent sh. – Namangan sh. ikki tomondan;
- YT – 1151-sonli Toshkent sh. – Farg‘ona sh. ikki tomondan;
- YT – 1153-sonli Toshkent sh. – Andijon sh. ikki tomondan.

Ushbu yo‘nalishda qatnovlarni amalga oshirishda quyidagi talablar mavjud:
  • Qamchiq dovoni orqali yo‘lovchilarni tashishda foydalaniladigan va haydovchidan tashqari o‘n to‘rttagacha o‘rindiqqa ega bo‘lgan M2 toifadagi transport vositalariga;
  • bunda faqat 1 apreldan 1 noyabrga qadar bo‘lgan davrda kunduzi;
  • ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan va gaz ballon uskunalari o‘rnatilmagan;
  • sekinlashtiruvchi uskunasi (tog‘ tormozi) mavjud bo‘lgan;
  • harakatni kuzatish navigatsiya qurilmasi va taxograf o‘rnatilgan transport vositalarida kamida 7 yil staji bor haydovchilarga avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyati uchun litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda qatnovni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.