Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti?

Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti?
Aprel oyida havo haroratining keskin ko‘tarilishi davom etadi. Hududning katta qismida aprel oyining o‘rtacha harorati mart oyiga nisbatan 5-7 darajaga yuqori bo‘ladi. Respublikaning shimoli va cho‘l hududlarida havo tezroq isiydi, bunda o‘rtacha harorat mart oyidagi ko‘rsatkichlardan 8-10 darajaga yuqori bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet prognozlarini e’lon qildi.

Bu yil aprel oyi quruq va o‘rtacha iliq ob-havo bilan boshlanadi. Birinchi besh kunlikda havo 15-20 daraja iliqqacha isiydi, kechalari harorat 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Bu davrda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli ko‘proq. Tekislik hududlarida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida 2-3 aprel kunlari yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Oyning birinchi o‘n kunligining ikkinchi yarmida harorat asosan kechalari 8-13 daraja iliq, kunduz kunlari 18-23 daraja iliq bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda harorat kechalari 2-7 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqdan 25-30 darajagacha o‘zgarib turadi. Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.