Jinoyatchi o‘zi haqidagi e’lon xususida telekanalga murojaat qildi

Jinoyatchi o‘zi haqidagi e’lon xususida telekanalga murojaat qildi
Jinoyatchi o‘zi haqidagi e’lon xususida telekanalga murojaat qildi

Avstraliya qamoqxonasidan qochgan Emi Sharp (Amy Sharp) 7 News Sydney telekanalidan, uning qidirilayotgani xususida Facebook sahifasiga joylashtirilgan suratini almashtirishni talab qildi, deyiladi \"Kun\" nashrida.

Telekanal o‘z e’lonida polisiya axloq tuzatish idorasidan qochgan 18-yoshli Sharpni qidirayotganini xabar qilgan. Qizning tashqi ko‘rinishi haqidagi ma’lumotga, ehtimollarga ko‘ra, qamoqxonada olingan surati ham ilova qilingan.

Mazkur e’lonni ko‘rgan qochoq qiz 7 News Sydney telekanalidan birmuncha yaxshiroq suratni joylashtirishni so‘rab, boshqa suratini taklif ham qilgan.

«Iltimos, mana bu suratdan foydalaning, rahmat. Sizning Emi Sharp», — deb yozgan qiz.

Sharpning bunday jur’ati tezda shov-shuvga aylanib, 62 ming kishi uni ma’qullagan, 10 minglab kishilar fikrlarini qoldirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.