Qashqadaryoda prokuratura tergovchisi 5 ming dollar pora olayotganda ushlandi

Qashqadaryoda prokuratura tergovchisi 5 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora olayotganda qo‘lga tushgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yil 8 aprel kuni Qashqadaryo viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha aybdor shaxsga nisbatan yengillik qilib berish evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.