O‘zbekistonda mehnat qonunchiligi qaysi sohalarda eng ko‘p buzilayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda mehnat qonunchiligi qaysi sohalarda eng ko‘p buzilayotgani ma’lum qilindi
Foto: Yuz.uz
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mehnat qonunchiligi qaysi sohalarda eng ko‘p buzilayotgani haqida ma’lumot berdi.

Vazirlik 2024 yilning yanvar-aprel oyi davomida qayd etilgan holatlarni tahlil qilgan. Unga ko‘ra, mehnat qonunchiligining eng ko‘p buzilishi xalq ta’lim muassasalarida kuzatilgan — 5 612 ta. Undan keyingi o‘rinda maktabgacha ta’lim muassasalarida shunday qonun buzilishi holatlari ko‘p bo‘lgan — 2 173 ta.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida mehnat qonunchiligi buzilishi bilan bog‘liq 1 215 ta, qurilish tashkilotlarida — 266 ta, qishloq xo‘jaligida — 452 ta holat qayd etilgan.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yilda mehnat qonunchiligi eng ko‘p buzilgan sohalar quyidagilar bo‘lgan:

ta’lim — 21 286 ta;
sog‘liqni saqlash — 3 589 ta;
qurilish — 1 867 ta;
qishloq xo‘jaligi — 1 775 ta;
sanoat — 686 ta;
transport — 539 ta;
bank va moliya — 274 ta;
savdo va xizmat ko‘rsatish — 237 ta;
boshqa sohalarda — 10 977 ta.

Mehnat muhofazasi va buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 22 mingga yaqin fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqilgan va 13 306 ta murojaat qanoatlantirilgan. 5 805 nafar fuqaroning jami 25 milliard 300 million so‘mdan ortiq ish haqlari undirib berilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.