Surxondaryoda Tracker yuk mashinasiga urilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Surxondaryoda Tracker yuk mashinasiga urilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
Joriy yilning 12 may kuni soat 09:50 larda Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Uzunsoy mahallasidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1371 kilometrida odamlar o‘limi bilan bog‘liq ayanchli YTH sodir bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 59 yoshli haydovchi Sh.D. «Trecker» avtomobilida Toshkent-Sherobod yo‘nalishida harakatlanib kelib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan, 38 yoshli haydovchi boshqaruvidagi ZIL431410 rusumli yuk mashinasinin orqa tomoniga kelib urilgan.
Surxondaryoda Tracker yuk mashinasiga urilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
Natijada:
- «Trecker» haydovchisi voqea joyida;
- haydovchining turmush o‘rtog‘i, 59 yoshli M.Sh. voqea joyida;
- 60 yoshli «Trecker» yo‘lovchisi M.T. (ayol) shifoxonada;
- 44 yoshli «Trecker» yo‘lovchisi R.E. (ayol) shifoxonada;
- 50 yoshli «Trecker» yo‘lovchisi M.E. (R.E. ning opasi) shifoxonada vafot etgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, «Trecker» haydovchisi Qashqadaryo viloyatidan Umra ziyoratidan qaytgan fuqarolarni olib kelayotgan bo‘lgan. ZIL yuk mashinasi esa nosozligi sabab yo‘l chetida to‘xtab turgan.

Ma’lumot uchun, YTH yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.