Andijonda gazli suv sotilayotganda kislorod balloni portladi

Andijonda gazli suv sotilayotganda kislorod balloni portladi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda “Asakada gazvodaning kislorod baloni yorilib ketdi” sarlavhasi ostida video tarqaldi. Andijon viloyati FVB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, videodagi voqea 30 may kuni Asaka tumani “Kamolot MFY” Marg‘uloniy ko‘chasida sodir bo‘lgan. 25 yoshli E.K. gazlangan ichimlik suvi sotish bilan shug‘ullanayotgan vaqtida kislorod balloni yorilib ketgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda tadbirkor bilan texnika xavfsizligi qoidalari bo‘yicha qo‘shimcha yo‘riqnomadan o‘tkazildi va hodisa omillari o‘rganilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.