O‘zbekistonga o‘tgan 5 oyda 2,8 mln nafar sayyoh keldi

O‘zbekistonga o‘tgan 5 oyda 2,8 mln nafar sayyoh keldi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar–may oylarida 2,8 milliondan ortiq chet el fuqarosi turistik maqsadda O‘zbekistonga kelgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 248,2 ming nafarga yoki 9,6 foizga oshgan.

2024 yilning 5 oyida O‘zbekistonga sayyohlik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimidagi soni:

Tojikiston — 871,5 ming nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 857 ming nafar;
Qozog‘iston — 498,2 ming nafar;
Rossiya — 289,6 ming nafar;
Turkmaniston — 53,8 ming nafar;
Turkiya — 42,1 ming nafar;
Hindiston — 23,2 ming nafar;
Xitoy — 22,8 ming nafar;
Italiya — 15,3 ming nafar;
Janubiy Koreya — 15,1 ming nafar;
Boshqa davlatlar — 148,7 ming nafar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.