Samarqandda 7 yoshli qizaloq skuterga ikki nafar ukasini mindirib katta yo‘lga "sayr"ga chiqdi

Samarqandda 7 yoshli qizaloq skuterga ikki nafar ukasini mindirib katta yo‘lga "sayr"ga chiqdi
Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyatida skuterda katta yo‘lda harakatlanib ketayotgan 7 yoshli qizaloq va uning ikki nafar ukasi YHXB xodimlari tomonidan ota-onasiga sog‘-omon topshirildi.

Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 23 iyun kuni Samarqand tumani hududida sodir bo‘lgan.

YPX xodimlari M-37A xalqaro avtomobil yo‘li bo‘ylab o‘z xizmat manziliga ketayotganda yosh qizalok ikki nafar ukasini mindirib olgan holda skuter boshqarib ketayotganini ko‘rib qolishgan.

So‘ng qizaloqlarning manzilini aniqlab, ularni ota-onasiga olib borib topshirishgan. Surishtiruvda, skuter boshqarayotgan qizaloq 7, ukalari esa 5 va 2 yoshda ekani ma’lum bo‘lgan.

Hurmatli ota-onalar, turli transport vositalarini qarovsiz qoldirmang, voyaga yetmagan bolalarga skuter yoki boshqa transportlarni boshqarishga bermang”, deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.