Bo‘stonliqqa boruvchi yo‘lning bir qismi vaqtincha yopiladi

Bo‘stonliqqa boruvchi yo‘lning bir qismi vaqtincha yopiladi
Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘lida velosport-shosse turi bo‘yicha chempionat o‘tkaziladi.

Sportning velosport-shosse turi bo‘yicha kattalar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan joriy yilning 25-26 iyun kunlari soat 08:00 dan 14:00 ga qadar 4R12 «Bektemir-Chorbog‘ q.» avtomobil yo‘lining 34 va 54 kilometrlari oralig‘ida (Chirchiq shahriga kirishda joylashgan platina yaqini — start, G‘azalkent shahriga kirish qismi — finish) transport vositalari harakati cheklanadi.

Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuruvchi fuqorolardan Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.