Toshkent viloyatida fotoradar o‘rnatilgan Cobalt YTHga uchradi

Toshkent viloyatida fotoradar o‘rnatilgan Cobalt YTHga uchradi
Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Olmaliq shahrida fotoradar o‘rnatilgan avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot berdi.
Toshkent viloyatida fotoradar o‘rnatilgan Cobalt YTHga uchradi
Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati
Qayd etilishicha, 3 iyul kuni soat 17:30 larda Olmaliq shahri hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida 24 yoshli Sh.I. (Rossiya fuqarosi) Lacetti avtomobilida oraliq masofani saqlamasdan, o‘zidan oldindagi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan piyodaga yo‘l berish uchun to‘xtagan haydovchi 34 yoshli Y.N. boshqaruvidagi (IIO xodimi) Cobalt rusumli (fotoradar o‘rnatilgan) avtomobilni orqa qismiga kelib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Ushbu yo‘l transport hodisasi natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalari texnik shikastlangan. Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.