Andijonda ham haydovchi 10 yoshli qizchani urib yubordi

Andijonda ham haydovchi 10 yoshli qizchani urib yubordi
Bugun, 8 iyul kuni, Andijon shahar O‘zbekiston ko‘chasidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi A.X. o‘zining «Cobalt» rusumli transport vositasida 10 yoshli qizchani urib yubordi.

Viloyat IIB bergan xabarga ko‘ra, haydovchi YTHda yo‘lning o‘ng tarafidan chap tarafiga kesib o‘tayotgan 2014 yilda tug‘ilgan X.S. tan jarohatlari bilan shahar shifoxonasiga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.