Ombor va muzlatkich kameralari sotuvga chiqish arafasida

Ombor va muzlatkich kameralari sotuvga chiqish arafasida
Qiymati jami 3 mlrd. so‘mlik meva-sabzavot saqlash ombori va 9 dona muzlatkich kameralari Oltinko‘l tumanida faoliyat olib boruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning kredit qarzlari evaziga xatlab qo‘yildi.

Majburiy ijro byurosi Oltinko‘l tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatiga ko‘ra, qarzdor MCHJlar hisobidan TIF “Milliybank” foydasiga 3,6 milliard. so‘m kredit qarzdorligini undirish va undiruvni garovdagi meva-sabzavot saqlash ombori va 9 ta muzlatkich kamera hamda generatorga qaratilishi belgilangan.
Ombor va muzlatkich kameralari sotuvga chiqish arafasida
Ijro hujjatining ijrosini amalda ta’minlash maqsadida ijro harakatlari olib borilib, garov mulklari xatlab qo‘yildi va salkam 3 mlrd. so‘mga baholangan ushbu mulklarni \"e-auksion\" savdo platformasi orqali sotuvga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.