Namanganda 2,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan korxona rahbari qo‘lga olindi

Namanganda 2,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan korxona rahbari qo‘lga olindi
Foto: Bosh prokuratura
Prokuratura xodimlari tomonidan Namangan viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ko‘p miqdorda elektr energiyasini o‘g‘irlab ishlatgan korxona rahbari ushlandi.

Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyati, Norin tumanidagi “B.M.F.” MCHJ norasmiy rahbari Sh.U. jamiyatga qarashli g‘isht ishlab chiqarish korxonasidagi uskunalarni tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, 2 mlrd 365 mln so‘mlik 2 mln 128 ming kVt soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Namanganda 2,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan korxona rahbari qo‘lga olindi
Namanganda 2,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan korxona rahbari qo‘lga olindi
Namanganda 2,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan korxona rahbari qo‘lga olindi
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan “B.M.F.” MCHJ norasmiy rahbari Sh.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi, 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.