Surxondaryoda ikki yigitning qo‘pol hazili tufayli bir qiz osma ko‘prikdan tushib ketdi

Surxondaryoda ikki yigitning qo‘pol hazili tufayli bir qiz osma ko‘prikdan tushib ketdi
Kadr: Telegram
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida osma ko‘prikdan yiqilib tushgan qizning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda osma ko‘prikdan o‘tayotgan ikki yigitning qo‘pol hazili ortidan bir qiz pastga tushib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, holat Sariosiyo tumanidagi Sangardak sharsharasi yaqinida yuz bergan.

Sariosiyo IIB xodimiga ko‘ra, osma ko‘prikdan yiqilib tushgan qiz jiddiy shikastlanmagan. “Hozirda u oilasi yonida. Holat bo‘yicha FVB va IIB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda”, — deydi idora xodimi Ulug‘bek Haqnazarov.

Ta’kidlanishicha, mazkur osma ko‘prik noqonuniy qurilgan bo‘lib, u olib tashlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.