Dzyudochi Diyora Keldiyorova Parij—2024 Olimpiadasi chempioni

Dzyudochi Diyora Keldiyorova Parij—2024 Olimpiadasi chempioni
Frantsiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada oʻyinlari davom etmoqda.

-52 kg vazn toifasi vakili Diyora Keldiyorova hal qiluvchi bahsda kosovalik Distriya Krasnichiga qarshi tatamiga chiqdi. Diyora raqibini engib, oltin medal sohibiga aylandi.

Shu tariqa Diyora Keldiyorova Olimpiya oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlik dzyudochiga aylandi. Shuningdek, 16 yil deganda oʻzbekistonlik ayol sportchi yana Olimp shohsupasiga koʻtarilmoqda.

Diyora nimchorak finalda yaponiyalik Uta Abeni engib, chorak finalga chiqqan edi. 1/4 finalda esa germaniyalik Masha Ballhaus taslim etilgandi. Yarim finalda esa oʻzbekistonlik dzyudochi mezbon Amandin Busharni magʻlubiyatga uchratgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.