«Damas» ustida o‘zini ko‘z-ko‘z qilganlar sud oldida javob beradigan bo‘ldi

«Damas» ustida o‘zini ko‘z-ko‘z qilganlar sud oldida javob beradigan bo‘ldi
Buxoro viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati boshlig‘i kapitan Ulug‘bek Shukurlayevning «Xabar.uz»ga bildirishicha, «Damas» ustida hayotini xavfga qo‘yib, o‘zini ko‘z-ko‘z qilgan yoshlar xatti-harakati sudda ko‘rib chiqiladi.

Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda havoning issiq kunida 2 nafar o‘g‘il bolaning o‘zini ko‘z-ko‘z qilgan holda, yetmaganiga, orqa yo‘nalishdan kelayotgan avtomashinalar haydovchilariga qo‘l silkib, oyoqlarini osiltirgan ko‘yi «Damas» avtomashinasi ust yukxonasi ustida ketayotgani videosi tarqalgan.

Romitan tumani hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 236-kilometrida Damas rusumli 80 R 416 WA davlat raqam belgili transport vositasi bilan bog‘liq bo‘lgan vedeo tasvir bo‘yicha Buxoro viloyati IIB JXX YHXB tomonidan surushtiruv harakatlari olib borilgan.

«Xavflilik darajasini bilib turib, o‘zini ko‘z-ko‘z qilgan holda o‘z hayotini xavfga qo‘yib, «Damas» ust temir yukxonasi ustida manzilga qarab borgan yoshlarning xatti-harakatini oqlash qiyin. Yoshlik – bevoshlikni o‘zi va o‘zgalar hayotini xavfga qo‘yish bilan tenglashtirmaslik kerak.Mazkur transport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi.Bundan tashqari, haydovchi U.Sh. hamda 20 yigitlar — S.I. hamda J.R.larning xatti-harakati esa sudda ko‘rib chiqiladi», — dedi Ulug‘bek Shukurlayev.

Ayni paytda holat yuzasidan viloyat IIB JXX YHXB tomonidan qo‘shimcha surushtiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.