Qirg‘iziston prezidenti yuragidagi muammo sababli AQShga ketayotgan yo‘lidan ortga qaytdi


Qirg‘iziston prezidenti Almasbek Atambaev AQShning Nyu-York shahriga safarini yuragidagi muammo sababli qoldirdi, deb xabar berdi \"Daryo\" nashri.
\"Bishkekdan Nyu-Yorkkacha yo‘lda, Qirg‘iziston delegasiyasi Otaturk nomidagi aeroportda boshqa samolyotga o‘tirmoqchi bo‘lganda Almazbek Atambaev o‘zini yomon his qilgan va shu sababli unga birinchi tibbiy ko‘rik o‘tkazilgan\", deyildi xabarda.
Shifokorlar ko‘rikdan keyin ko‘krakda og‘riqdan shikoyat qilgan Atambaevga zudlik bilan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishga ko‘rsatma berganlar.
Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 71-sessiyasida ishtirok etish uchun Qirg‘iziston delegasiyasiga endi Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abullaev boshchilik qiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













