Yakuniy mandat e'lon qilindi

Yakuniy mandat e'lon qilindi
2024-2025 oʻquv yili uchun oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari boʻyicha tanlov natijalari e'lon qilindi.

Bakalavriat ta'lim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari boʻyicha tanlov natijalari e'lon qilindi. Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi ma'lum qildi.

Natijalarni 4 xil usulda bilish mumkin:

my.uzbmb.uz saytidagi “Natijani ko‘rish” boʻlimiga pasport seriyasi va raqami hamda JShShIRni kiritgan holda (shaxsiy kabinetdan ham bilish mumkin).

mandat.uzbmb.uz saytiga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi abiturientning ID raqami (7 xonali raqam)ni kiritgan holda.

— SMS xabarnoma xizmati orqali — 5100 raqamiga abiturientning ID raqami (7 xonali raqam)ni yuborgan holda (xizmat haqi mavjud).

—Oliy ta'lim muassasalariga taqdim etiladigan test natijalari qaydnomalari orqali.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.