Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun

Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun
Milliy tibbiyot markazi mutaxassislarining navbatidagi manzili Toshkent viloyatining Olmaliq shahri bo‘ldi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 5 fevralda tibbiyotga oid o‘tkazgan yig‘ilishlarida berilgan topshiriqlari ijrosiga ko‘ra markazning \"Mobil angiograf\" apparati va tajribali 18 nafar tor soha mutaxassislari transplantolog, kardioxirurg, neyroxirurg, qon-tomir xirurgi, xirurg, okulist, akusher-ginekolog, proktolog, endokrinolog, kardiolog, terapevt va boshqa mutaxassislari joriy yilning 20 avgustida Olmaliq shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga yuborilib, aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazmoqdalar.
Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun
Tibbiy ko‘rikdan bugungi kunga qadar jami 658 nafar (shundan 35 nafar 18 yoshgacha, 623 nafar kattalar, 116 nafar fertil yoshidagi ayollar) aholi o‘tkazilib, 320 nafarida turli kasalliklar aniqlangan.
Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun
Kasallarning 203 nafariga ambulator, 75 nafariga statsionar va 42 nafariga yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti tavsiya qilinib sog‘lomlashtirish ishlari tuman, viloyat va Respublika darajasida boshlab yuborilgan.
Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun
Shuningdek, Mobil angiograf yordamida havf guruhdagi 84 nafar bemorlarda joyida Angiografiya tekshiruvi o‘tkazilishi va aniqlangan kasalliklarni sog‘lomlashtirish ishlari rejalashtirilgan.
Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun
Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun
?Ko‘rik mazkur oyning oxiriga qadar ushbu manzilda davom etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.