O‘zbekistonda yangi o‘quv yilining boshlanish sanalari ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda yangi o‘quv yilining boshlanish sanalari ma’lum bo‘ldi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra 2024/2025-o‘quv yili oliy ta’lim muassasalarida 9 sentyabrda boshlanishi belgilangan.

Shuningdek, akademik litseylar va kasb-hunar maktablarida o‘quv yili 4 sentyabrda boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Kollej va texnikumlarning 2- va undan yuqori kurslari ham o‘quv yilini 4 sentyabrdan boshlaydi.

Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.