Toshkent viloyatida ming yillik tarixga ega qabr topildi

Toshkent viloyatida ming yillik tarixga ega qabr topildi
Foto: Madaniy meros agentligi
Madaniy meros agentligi Toshkent viloyatining Parkent tumanida ming yillik tarixga ega qabr topilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2024 yilning iyun oyida ushbu tumanda joylashgan “Kumushkon” mahallasining shimolidagi fermer xo‘jaligiga olib boruvchi yo‘lning qurilishi jarayonida tasodifan qadimgi davrga oid qabr qoldiqlari aniqlangandi.
Toshkent viloyatida ming yillik tarixga ega qabr topildi
Foto: Madaniy meros agentligi
Qazishmalar davomida yo‘l ustida yer surish ishlari olib borilayotgan vaqtida hosil bo‘lgan o‘ra, aslida, yerosti dafn xonasi (katakomba) ekani aniqlandi. Mutaxassislar tomonidan bu yerdan dafn buyumlari, temir qilich, bronza uzuk, sopol idish hamda bulla (muhr) topildi.
Toshkent viloyatida ming yillik tarixga ega qabr topildi
Foto: Madaniy meros agentligi
Hozirgi vaqtda Madaniy meros agentligining moliyaviy ko‘magida hududda Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan arxeologik qazishma ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.