«Umra – 2024» yangi mavsumi boshlandi

«Umra – 2024» yangi mavsumi boshlandi
Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
2024 yil 10 sentyabr kuni «Umra – 2024» mavsumining navbatdagi bosqich ilk guruh ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.

Mazkur reysda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Farg‘ona, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridan 240 nafar umrachilar Jidda shahriga yo‘l oldi.

Ma’lumot o‘rnida, ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 8 kun bo‘ladi.
«Umra – 2024» yangi mavsumi boshlandi
Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
Ziyoratchilar Madinada Grand Shahba, Makka shahrida esa Al-Ayyam Elite va Marmara Hotel singari zamonaviy mehmonxonalarda istiqomat qilishadi.
«Umra – 2024» yangi mavsumi boshlandi
Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
Ularga 3 mahal issiq ovqat, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.