Xitoy kompaniyasi Andijonda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaradi

Foto: Andijon viloyati hokimligi
Andijon viloyati delegatsiyasi Xitoydagi xalqaro forumda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Xitoyning Fuszyan provinsiyasi, Syamin shahrida XXIV xalqaro investitsiya va savdo forumi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat mutasaddilari mazkur forumda qatnashib, bir qator yirik kelishuvlarni amalga oshirdi.
Jumladan, chiqindini qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha “Jin Ming” energetika kompaniyasi bilan 250 mln dollar qiymatdagi muhim memorandum imzolandi.
Loyiha Andijon tumani hududida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda va qurilish ishlari kelgusi oydan boshlanishiga kelishib olingan.
Bundan tashqari, jami qiymati 100 mln dollarlik bo‘lgan 5 ta istiqbolli loyiha ham ko‘rib chiqilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Andijon viloyati delegatsiyasi Xitoydagi xalqaro forumda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Xitoyning Fuszyan provinsiyasi, Syamin shahrida XXIV xalqaro investitsiya va savdo forumi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat mutasaddilari mazkur forumda qatnashib, bir qator yirik kelishuvlarni amalga oshirdi.
Jumladan, chiqindini qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha “Jin Ming” energetika kompaniyasi bilan 250 mln dollar qiymatdagi muhim memorandum imzolandi.
Loyiha Andijon tumani hududida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda va qurilish ishlari kelgusi oydan boshlanishiga kelishib olingan.
Bundan tashqari, jami qiymati 100 mln dollarlik bo‘lgan 5 ta istiqbolli loyiha ham ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













