Toshkentda Cobalt va Changan to‘qnashuvi oqibatida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda Cobalt va Changan to‘qnashuvi oqibatida YTH sodir bo‘ldi
Foto: YHXB
Toshkent shahar Chilonzor tumanida Cobalt va Changan to‘qnashuvi oqibatida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 3 oktyabr kuni soat 19:40 larda Chilonzor tumani Do‘mbirobod ko‘chasi 128-uy qarshisida sodir bo‘lgan. 2000 yilda tug‘ilgan Z.N. boshqaruvida bo‘lgan Changan rusumli transport vositasi va 1994 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt to‘qnashgan.
Toshkentda Cobalt va Changan to‘qnashuvi oqibatida YTH sodir bo‘ldi
Foto: YHXB
YTH natijasida tan jarohat olgan Cobalt va Changan haydovchilariga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.