O‘quvchilarning ota-onalari qaysi mahsulot iste’moliga ruxsat bermasliklari kerak?

O‘quvchilarning ota-onalari qaysi mahsulot iste’moliga ruxsat bermasliklari kerak?
Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari instituti ilmiy tadqiqotchilari tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida “Siz qaysi mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilasiz?” va “Qaysi mahsulotlarni iste’mol qilishingizga ota-onangiz ruxsat bermaydi?” degan savollar bo‘yicha so‘rov o‘tkazildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra quyidagi mahsulotlarni o‘quvchilar eng ko‘p iste’mol qiladi:
- qovurilgan taomlar – 31,5 foiz;
- fast-fudlar – 28,8 foiz;
- turli salatlar – 25,7 foiz;
- qandolat mahsulotlari – 25,5 foiz;
- suyuq taomlar – 25,2 foiz;
- muzqaymoq – 12,2 foiz;
- tez pishuvchi lapshalar (rollton va boshq.) – 7,6 foiz;
- popkornlar – 7,5 foiz;
- chipslar – 5,2 foiz.

Qaysi mahsulotlarni iste’mol qilishingizga ota-onangiz ruxsat bermaydi, degan savolga esa quyidagicha javob berilgan:
- energetik ichimliklar – 52,2 foiz;
- “kiriyeshki” va chipslar – 43,4 foiz;
- “kukuruz” va popkornlar – 21,1 foiz;
- tez pishuvchi lapshalar – 18,9 foiz;
- fast-fudlar – 14,5 foiz.

Xulosada aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom ovqatlanishni, ya’ni ratsion bo‘yicha oqsil, vitamin va mikroelementlarga boy bo‘lgan meva-sabzavotlarni, sut va go‘sht mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qilish hamda jismoniy faollik tavsiya etilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.