Poytaxtda 7 noyabrdan isitish mavsumiga start beriladi

Poytaxtda 7 noyabrdan isitish mavsumiga start beriladi
Poytaxtda isitish mavsumi 7 noyabrdan boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentda 5 noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Muvofiq ravishda, 7 noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.

2023 yilda 6 noyabr kuni isitish mavsumi boshlangandi. Qoidalarga ko‘ra, isitish mavsumi boshlanishi uchun havo harorati ketma-ket besh kun 8 daraja issiqdan past bo‘lishi kerak.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.