Taxtaqoracha dovonidagi hodisada qurbonlar soni ochiqlandi

Taxtaqoracha dovonidagi hodisada qurbonlar soni ochiqlandi
Taxtaqoracha dovonida sodir bo‘lgan baxtsiz xodisaning to‘liq tafsiloti ma’lum bo‘ldi. Qashqadaryo viloyati YHXBga ko‘ra, 3 kishi vafot etgan.

Joriy yilning 6 noyabr kuni soat 15:45larda Kitob tuman Qaynar MFY Qaynar qishlog‘ining M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘li Taxtaqoracha davonining 1137 kilometrida 3 nafar fuqaro ichida bo‘lgan Kitob tumanidan Samarqand shahri tomon harakatlanib ketayotgan Kobalt avtomashinasi ustiga tog‘ tepaligidan sirpanib tushgan tosh bosib qolishi natijasida 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur hodisa sabab Taxtaqoracha dovoni yopilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.