Xorazmda kiyim-kechak bozori yonib ketdi

Xorazmda kiyim-kechak bozori yonib ketdi
Foto: Videolardan kadrlar
Xorazm viloyatining Urganch tumanida kiyim-kechak savdo do‘konlari yonib ketdi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 7 noyabr kuni soat 12:53 da Urganch tumani, “Shermatlar” MFY, Gurlan ko‘chasida joylashgan kiyim-kechak savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:59 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:20 da o‘rab olingan va 13:50 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.