2024 yil 10 oyda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi

2024 yil 10 oyda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-oktyabr oylarida qariyb 6,5 mln chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga kelgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 951,3 ming nafarga yoki 17,2 foizga oshgan.

Joriy yilning o‘tgan 10 oyida O‘zbekistonga kelgan sayyohlar mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

· Tojikiston – 1 878,5 ming nafar;

· Qirg‘iz Respublikasi – 1 870,3 ming nafar;

· Qozog‘iston – 1 267,5 ming nafar;

· Rossiya – 686,7 ming nafar;

· Turkmaniston – 145,0 ming nafar;

· Turkiya – 95,7 ming nafar;

· Xitoy – 57,7 ming nafar;

· Hindiston – 55,9 ming nafar;

· Janubiy Koreya – 36,5 ming nafar;

· Italiya – 36,3 ming nafar;

· boshqa davlatlar – 366,6 ming nafar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.