Germaniya prezidenti islamofobiya uchun musulmonlardan kechirim so‘radi


Germaniya prezidenti Yoaxim Gauk butun dunyoda, shu jumladan Germaniyada islomofobiyaning kuchayib borayotgani uchun musulmonlardan uzr so‘radi. Bu haqida u Drezdendagi masjid imomi bilan uchrashuv chog‘ida gapirgan. Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida mazkur masjidda terakt sodir etilgandi, deyiladi \"Muslim.uz\" sayti xabarida.
Shundan so‘ng masjid imomi Gerrmaniya prezidenti Yoaxim Gauk va kansler Angela Merkel qabulida bo‘lgan. Imomning aytishicha, mamlakat prezidenti sodir etilgan terak uchun kechirim so‘ragan. O‘shanda Drezden masjididagi qo‘l bola moslama portlagan chog‘da imom va uning oilasi masjid hududida bo‘lgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













