Toshkentda restoran dudbo‘ronida yong‘in chiqdi

Toshkentda restoran dudbo‘ronida yong‘in chiqdi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi restoranlardan biri joylashgan binoda yong‘in yuz berayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi. FVBning ma’lum qilishicha, holat Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, 20 noyabr kuni soat 20:29 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani «Lashkarboshi» MFY, Niyozbek yo‘li ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyining dudbo‘ronida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:35 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:42 da o‘chirilgan.

«Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q», — deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.