Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 28 noyabr kuni soat 16:10 larda 5 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Mustaqillik—Movarounnahr ko‘chalari kesishmasida bir yo‘nalishda harakatlanib kelgan haydovchilar:
- 1958 yilda tug‘ilgan T.R. boshqaruvidagi Hongqi EQM 5;
- 1994 yilda tug‘ilgan S.A. boshqaruvidagi Cobalt;
- 1988 yilda tug‘ilgan X.U. boshqaruvidagi Tracker-2;
- 1998 yilda tug‘ilgan S.A. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3;
- 1982 yilda tug‘ilgan T.M. boshqaruvida bo‘lgan Onix transport vositalari oraliq masofaga amal qilmasdan to‘qnashgan.
Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.