Toshkentda elektrobus va ikkita mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda elektrobus va ikkita mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Foto: IIBB YHXB axborot xizmati
Toshkent shahar IIBB YHXB Yunusobod tumanida elektrobus ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 8 dekabr kuni Yunusobod tumani, Bobodehqon ko‘chasida 22 yoshli T.R. boshqaruvidagi Tracker-2, 59 yoshli M.A. boshqaruvidagi Matiz hamda haydovchi X.Sh. boshqaruvida bo‘lgan Yutong rusumli elektrobus ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
Toshkentda elektrobus va ikkita mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Toshkentda elektrobus va ikkita mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Hodisa oqibatida Tracker-2 rusumli avtomashina haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.