Toshkentda o‘g‘il otasini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

Toshkentda o‘g‘il otasini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Uchtepa tumanida o‘g‘il otasini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar tarqaldi. Ushbu xabar yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 13 dekabr kuni Toshkent Uchtepa tumanida do‘pposlagan o‘g‘li ruhiy hayajon holatda oshxona pichog‘i bilan otasini qorin qismiga bir marotaba urib tan jarohat yetkazgan. Otasi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB TB tomonidan JKning 104-moddasi, 3-qismi, “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.